Branch Manager
Details
Description
Vazifalar: Filial faoliyatini to‘liq operatsion boshqarish; Tushum, foyda va KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash; Mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va kompaniya standartlariga rioya etilishini nazorat qilish; Restoranning barcha bo‘limlari samarali faoliyatini tashkil etish; Xodimlarni boshqarish (ofitsiantlar, kassirlar, oshpazlar, ranerlar, hosteslar); Mehnat intizomi va korporativ standartlarga rioya qilinishini nazorat qilish; Xodimlarning ish jadvallarini tuzish va nazorat qilish; Filialning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirish; Food Cost, Labor Cost, mahsulot yo‘qotishlari va hisobdan chiqarishlarni nazorat qilish; Inventarizatsiyalar o‘tkazish; Sanitariya me’yorlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinishini nazorat qilish; Mehmonlar fikr-mulohazalari bilan ishlash va nizoli vaziyatlarni tezkor hal etish; Rahbariyat uchun boshqaruv hisobotlarini tayyorlash; Savdo hajmini oshirish va servis sifatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish. Talablar: Filial boshqaruvchisi, restoran menejeri yoki shunga o‘xshash rahbarlik lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasi; Kamida 50 nafar xodimdan iborat jamoani boshqarish tajribasi; Umumiy ovqatlanish sohasida (restoranlar, kafelar, fast food tarmoqlari) ishlagan bo‘lishi shart; Restoran biznesining operatsion jarayonlarini yaxshi bilish; Filial ishini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish ko‘nikmalari; Xodimlarni tanlash, o‘qitish, motivatsiya qilish va rivojlantirish tajribasi; Kuchli liderlik va boshqaruv kompetensiyalari; Mustaqil qaror qabul qilish va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati; Mijozlarga yo‘naltirilganlik darajasi yuqori bo‘lishi; Tizimli va analitik fikrlash; Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish (majburiy). Biz taklif qilamiz: Suhbat natijalariga ko‘ra raqobatbardosh ish haqi; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish; Yirik va jadal rivojlanayotgan kompaniyada barqaror ish; Bepul korporativ ovqatlanish; Tarmoq ichida martaba o‘sishi imkoniyatlari; Korporativ treninglar va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish; Professional jamoada ishlash va mamlakatning yetakchi restoran brendlaridan birini rivojlantirishda ishtirok etish. Bizning jamoamizga qo‘shiling! Agar siz jamoani samarali boshqara olsangiz, yuqori natijalarga erisha olsangiz va O‘zbekistonning eng yirik restoran brendlaridan biri bilan birga rivojlanishga tayyor bo‘lsangiz — sizni BeshQozon jamoasida kutib qolamiz! 🚀
Location
Better in the app
Chat, saved listings and notifications live in the app.