FERRO jamoasiga Kotlin Full Stack Developer qidiramiz Bizga backend, frontend va mobil dasturlash yo‘nalishlarida ishlay oladigan, Kotlin ekotizimini yaxshi biladigan kuchli dasturchi kerak. Talablar: — Kotlin dasturlash tilini yaxshi bilish; — Android dasturlash bo‘yicha bilim va tajriba; — Spring Boot bilan backend ishlab chiqish tajribasi; — SQL va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash; — Kotlin Multiplatform — KMP bilan ishlay olish; — Jetpack Compose texnologiyasini bilish; — Kotlin JS bilan ishlash tajribasi; — REST API va tashqi servislar integratsiyasini tushunish; — Git orqali jamoaviy ishlay olish; — Toza, tushunarli va sifatli kod yozish. Asosiy vazifalar: Backend yo‘nalishida: — Yangi REST API’larni ishlab chiqish va mavjudlarini rivojlantirish; — Tashqi servislardan API orqali ma’lumotlarni olish; — Tashqi servislarni kompaniya tizimlariga integratsiya qilish; — Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash; — Backend tizimining barqarorligi va tezligini ta’minlash. Frontend yo‘nalishida: — Kotlin JS va React JS loyihasida yangi sahifalarni yaratish; — Mavjud sahifalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; — Frontend qismini API orqali backend tizimiga ulash; — Xatolarni aniqlash va bartaraf etish; — Loyihani rivojlantirish bo‘yicha texnik yechimlar taklif qilish.Вакансия: https://hh.uz/vacancy/135867706?from=share_android Отправлено с помощью мобильного приложения hh https://hh.uz/mobile?from=share_android
E'londa nimadir noto'g'rimi?
Aldov, taqiqlangan mahsulot, o'zganing suratlari — moderatorlar tekshiradi.
Ilovada ochish qulayroq
Chat, saqlangan e'lonlar va bildirishnomalar ilovada.