Narx so'rov bo'yicha

Bugalteriya-audit iqtisodchi

14-iyul, 20262 ko'rish

Xususiyatlar

Kompaniya nomiSamarqand davlat veterinariya meditsinada, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali
Ish jadvaliTo'liq kun
Bandlik turiDoimiy
Talab qilinadigan tajriba1-3 yil
Talab qilinadigan ta'limOliy
Maosh (dan)3 000 000 UZS
Maosh (gacha)10 000 000 UZS

Tavsif

SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETINING TOSHKENT FILLIALI Ish tavsifi Vazifalar: · Filialda mavjud asosiy vositalar, tovar moddiy qimmatliklar, naqd pul mablagʻlari, qimmatbaho qogʻozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizasiyasini tashkil etish hamda o‘tkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda o‘tkazilishi ustidan nazorat olib borish; · Asosiy vositalar, pul mablagʻlari, tovar-moddiy qimmatliklarning inventarizasiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarning Filial hisobiga undirilishi, ortiqcha mablagʻlarini kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish; · Kamomadlarga yo‘l qo‘yilishi, pul mablagʻlari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-toroj qilinishining oldini olish tadbirlarida mutasaddi xodimlar bilan faol qatnashish; · Asosiy vositalar, pul mablagʻlari, tovar moddiy qimmatliklar Filial hisobiga to‘liq kirim qilinishi, shuningdek, ularning harakati bilan bogʻliq bo‘lgan birlamchi hujjatlarni to‘gʻri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish; · Filial gʻaznasida me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarni amalga oshirish; · Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish; · Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning kommunal xizmatlar va elektr energiyasining sarflanish limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish; · Filial talabalariga stipendiya to‘lovlarining to‘gʻri berilishini, to‘lanishini va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish; · Pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklarning kirim-chiqim hujjatlarini yuritishda, mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilayotganlik holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko‘rish uchun Filialning bosh hisobchisi yoki Filial direktoriga yozma ravishda xabar berish. Talablar: · Filialda buxgalteriya hisobini tashkil etishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni, uni yuritish qoidalarini, jarayonlarini rasmiylashtirish va hisob sohalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibini; · Pul mablagʻlarini tovar moddiy boyliklar hamda boshqa boyliklarni qabul qilib olib, kirim qilish, saqlash va sarf qilish tartibini; · Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; Debitorlar va kreditorlar bilan qilinadigan hisob-kitoblar pul mablagʻlarini hisobdan o‘tkazish qoidalarini bilishi zarur. Imkoniyatlar: - Auditorlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak Tillarni bilishi: Rus tili - B2 — O‘rtadan yuqori Ijtimоiy paketlar: Moddiy rag‘batlantirish mavjud Aloqa ma'lumotlari: Vakansiya HR menejeri: DJUMANAZAROVA GUZAL JABBOROVNA HR menejer telefon raqami: +998999688554 Hudud: Toshkent shahri, Chilonzor tumani Ish joy manzili: CHILONZOR TUMAN,20Д, 35 А

Shikoyat qilish

Manzil

Chilonzor tumani, Toshkent shahri
Chilonzor tumani, Toshkent shahri
Xaritada ko‘rsatish
:I:
03359 e'lon

Ilovada ochish qulayroq

Chat, saqlangan e'lonlar va bildirishnomalar ilovada.

Ilovani yuklab olish

O'xshash e'lonlar