SMM menejerlar kerak
Details
Description
Momentum — kontent-marketing agentligi Agar siz YouTube, shaxsiy brendlar va real ta’sir beradigan kontent bilan ishlashni istasangiz, oddiygina “post joylash” emas, balki ekspertlar o‘sishiga hissa qo‘shishni xohlasangiz — ushbu vakansiya aynan siz uchun. Biz haqimizda: Momentum — kontent-marketing agentligi. Asosiy yo‘nalishimiz — YouTube va ekspertlarning shaxsiy brendlarini rivojlantirish. Biz YouTube’da faol bo‘lgan top ekspertlar bilan ishlaymiz va ular uchun: - strategik kontent, - to‘g‘ri pozitsiyalash, - auditoriya va ishonch o‘sishini ta’minlaymiz. Agentlik asoschisi haqida: - Momentum agentligi Umid Aliev tomonidan asos solingan. U AQShdagi yetakchi ekspertlardan YouTube, kontent-marketing va shaxsiy brendlar bo‘yicha ta’lim va mentorlik olgan - Ish jarayonida amerikancha strategik yondashuvlarni qo‘llaydi, - Mijozlar va jamoa bilan bevosita ishlaydi. Siz agentlik asoschisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, fikrlash tarzi va standartlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Nega bu imkoniyat siz uchun muhim: Agar tajribangiz mukammal bo‘lmasa ham, lekin o‘sishni xohlasangiz — bu joy sizga mos, chunki: - Siz YouTube’dagi real top ekspertlar bilan ishlaysiz - Siz shaxsiy brendlar uchun SMM qanday qurilishini ichidan ko‘rasiz - Bu yerda o‘sish — va’da emas, tizim - Siz qisqa vaqt ichida kuchli tajriba va kompetensiya yig‘ishingiz mumkin Biz sizga sarmoya kiritamiz — agar siz ham o‘z ustingizda ishlashga tayyor bo‘lsangiz. Sizning vazifalaringiz: - Ekspertlarning ijtimoiy tarmoqlarini yuritish va rivojlantirish - Kontent-strategiya ishlab chiqishda ishtirok etish - Ma’no, pozitsiya va kontent taqdimoti bilan ishlash - Auditoriya reaksiyasini tahlil qilish va natijalarni yaxshilash Sizdan kutamiz: - SMM va kontent mantiqi bo‘yicha bazaviy tushuncha - Savodli yozma nutq - Fikr yuritish va tashabbus ko‘rsatish qobiliyati - Kontent-marketing va YouTube ekotizimida o‘sishga intilish - Ideal tajriba shart emas. O‘sishni istamaslik — muammo. Sharoitlar: - Oylik maosh: 5–7 mln so‘m - Ish vaqti: 10:00 – 18:00 - Kuchli jamoa va YouTube’dagi top ekspertlar bilan ishlash - Ko‘nikma, mas’uliyat va daromadning real o‘sishi Ish joyi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Novza metro bekati yaqinida Aloqa uchun TG: momentum_agent
Location
Better in the app
Chat, saved listings and notifications live in the app.