FVV xodimi boʻlib ishlash isatsangiz murojaat qiling
Details
Description
🚨 DIQQAT, E’LON! 🗣Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasi Chirchiq shahar, Qibray, Bo‘stonliq, Toshkent, Zangiota tuman FVBlardagi bo‘sh (vakant) ishchi-xizmatchi lavozimlariga ishga kirish uchun tanlov e’lon qiladi! Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ✔️ Bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan ✔️ O‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo'lgan ✔️ Harbiy xizmatni o‘tagan ✔️ 18 yoshdan 30 yoshgacha Tanlov o'tkazilish sanasi: 🗓 2026-yil 13-mart ⏰ Vaqti: 09:30 📍 Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko'chasi, 19-uy, “O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti” ochiq stadioni. Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan nomzodlar namunali tashqi ko'rinishda: 📌 Shaxsini tasdiqlovchi hujjat 📌 Diplom (o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot) 📌 Harbiy guvohnoma 📌 Haydovchilik guvohnomasi (B, C toifa – mavjud bo‘lsa) 📌 sport kiyimida shaxsan qatnashishlari lozim. ❗️Yuqorida keltirib o‘tilgan shahar va tumandan bo‘lmagan nomzodlar tanlovda ishtirok etishi tavsiya etilmaydi.
Location
Better in the app
Chat, saved listings and notifications live in the app.
