«Bepul E'lon» odamlar va sotuvchilar bir-birini to'g'ridan-to'g'ri topadigan joy. E'lon joylashtirish bepul, e'lonlarni ko'rish ham bepul: platforma o'rtada turib komissiya olmaydi, bitim tomonlarning o'zi orasida bo'ladi. Sayt va mobil ilova (Android, iOS) bitta hisobda ishlaydi — e'lonlar, yozishmalar va RentCoin ikkalasida ham bir xil.
Platformada nima bor
Ijara, sotuv, ayirboshlash, xizmatlar, vakansiya va rezyume — o'nlab kategoriya bir joyda. Kerakli e'lonni kategoriya, viloyat va narx bo'yicha topasiz.
- Bepul e'lonlar: 8 tagacha rasm, video va xaritadagi manzil bilan.
- Sotuvchi bilan aloqa: e'lon sahifasidagi chat yoki qo'ng'iroq.
- Sevimlilar va qidiruv tarixi — yoqqan e'lonni qayta izlab o'tirmaysiz.
- Onlayn marketlar: tasdiqlangan sotuvchilarning o'z vitrinasi.
- Video do'kon: buyum harakatda ko'rinadigan qisqa roliklar.
- RentCoin — ichki bonus tizimi, e'lonni reklama qilishga sarflanadi.
Biz nimaga tayanamiz
Har bir e'lon, shu jumladan tahrirlangani ham, e'lon lentaga tushishidan oldin moderatsiyadan o'tadi. Onlayn marketlar hujjat bo'yicha tekshiriladi va «Tasdiqlangan» belgisini oladi — xaridor kim bilan ish qilayotganini bilib turadi.
Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlash tartibi «Maxfiylik siyosati» sahifasida ochiq yozilgan. Shubhali e'lon yoki foydalanuvchini uchratsangiz, bizga xabar bering — tekshiramiz.
Mobil ilova
«Bepul E'lon» ilovasi Android uchun Google Play'da va iOS uchun App Store'da mavjud — havolalar sahifaning pastki qismida. Ilovada e'lon joylashtirish, chat, bildirishnomalar va RentCoin hamyoni bir joyda.
Bog'lanish
Savol, taklif yoki shikoyat bo'lsa, Telegram orqali yozing yoki xat yuboring: